15:50 / 13.10.2017
8977

Xitoylik ota-onalar bolalar o‘yinchog‘i tufayli to‘polon qilishdi

Xitoyda bir necha nafar ota-ona farzandlari talashib qolgan o‘yinchoq uchun o‘zaro hisob-kitob qilib olishdi. Hodisa Youku portaliga joylashtirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, hodisa Guandun viloyati Shenchjen shahrida yuz bergan. Lavhada erkaklarning bolalar o‘yin maydonida urishib ketishgani, bunda qo‘lga tushgan har qanday buyumdan foydalanayotganini ko‘rish mumkin. Janjalga esa, o‘yinchoq kimga tegishli ekani bilan bog‘liq tortishuv sabab bo‘lgan. 

Biroz vaqt o‘tgach, savdo markazi qo‘riqchilari ur-yiqitni to‘xtatgan. Albatta, ularning hech biri jiddiy jarohat olmagan. 

Top