07:46 / 13.10.2017
8603

Qozog‘istonlik uchuvchilar nosoz samolyotni qo‘ndira olishdi

Illyustrativ foto

Kazakhstan's Air Astana aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti nosoz shassi tayanchi bilan Xitoyning Syamen shahri aeroportiga qo‘na oldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Samolyot yonilg‘isini tugatish maqsadida havoda 3 soat davomida parvoz qilib yurgan. So‘ngra ekipaj qo‘nishga qaror qilgan.

Axborot agentligining ma'lum qilishicha, samolyotda ekipajning 4 nafar a'zosigina bo‘lgan. Samolyot ta'mirlashdan keyin sinovdan o‘tkazilayotgan bo‘lgan. 

Ushbu hodisa tufayli Syamen aeroportidagi reyslarning yarmini ushlab qolishga to‘g‘ri kelgan.

Top