O‘zbekiston delegatsiyasi 2017 yilning 13-15 oktabr kunlari Vashington shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki guruhi Boshqaruvchilar kengashining navbatdagi yillik majlisida ishtirok etadi.

O‘zbekiston TIV ma'lumotlariga ko‘ra, delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov joy olgan.

Majlisda yillik hisobot va kelgusi yil uchun byudjyetni tasdiqlash, shuningdek, xalqaro iqtisodiy rivojlanish va moliyaviy faoliyatga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.