18:54 / 13.10.2017
7513

«Premier Hall» avtoturargohidagi o‘g‘rilik fosh etildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

2017 yilning 10 oktabr kuni taxminan soat 19:30larda, muqaddam sudlangan A.J. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumanida joylashgan «Premier Hall» kinoteatri avtoturargohida, fuqaro Sh.G‘.ga tegishli bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina eshigi oynasini sindirish yo‘li bilan ochib, uning salonidan sumka va uning ichida bo‘lgan 1.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘g‘irlab, jinoyat joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan vaqtida ichki ishlar organi xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top