Jahon | 16:35 / 13.10.2017
55524
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident korteji piyodalarni o‘tkazib yubordi

Foto: ARD

Ijtimoiy tarmoqlarda Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmaagiyn Battulganing piyodalar o‘tish yo‘lagida o‘z kortejini to‘xtatgani hamda piyodalarni o‘tkazib yuborgani tasvirlangan foto paydo bo‘ldi. Ushbu harakat mo‘g‘ulistonlik ko‘plab fuqarolarning e'tirofiga sabab bo‘ldi.

«Ulan-Batorda yozilmagan qonun mavjud - mamlakatdagi eng yuqori mansabdor shaxslari kortejlarini o‘tkazib yuborish. Aftidan, X.Battulga qoidani o‘zgartirishga qaror qildi», - deya ta'kidlaydi ARD nashri.

Bundan oldin Battulga mamlakat parlamenti raisi va bosh vazirning hashamatli uyi yonidagi qarorgohida yashashdan voz kechgani xabar berilgandi.

Battulga Markaziy pochta qarshisidagi kichik uyga joylashishga qaror qildi, u yerda qachonlardir Mo‘g‘uliston rahbari Yumjagiyn Tsedenbalning qishki xonadoni bo‘lgan. Davlat rahbari ish joyiga ham piyoda boradi, u taxminan 400 metr masofani bosib o‘tadi.

Mavzuga oid