14:20 / 13.10.2017
5079

Samsung Electronics rahbarlaridan biri lavozimini tark etmoqda

Foto: Zuma

Samsung Electronics xalqaro transmilliy elektronika kompaniyasining uch bosh ijrochi direktoridan biri Kvon O Xun lavozimini tark etmoqda. AP agentligining xabar berishicha, rasmiy ravishda iste'foga chiqish kelasi yilda amalga oshiriladi. AFP’ning qayd etishicha, ishdan bo‘shash Samsung rahbariyati aralashib qolgan korrupsiya mojarosi fonida ro‘y bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Janubiy Koreya prokuraturasi maxsus komissiyasi biznes-imperiya rahbarligini egallashi kutilgan shaxs sifatida ko‘rilgan Samsung Group rahbarining o‘rinbosari Li Chje Yonni hibsga olish uchun order berdi. Li Chje Yonni sobiq prezident Pak Kin Xe atrofidagi hokimiyatni suiste'mol qilish va korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan yolg‘on guvohlik berish hamda poraxo‘rlikda ayblashmoqda.

Shunga qaramay, kompaniya ikkinchi chorakda rekord darajada daromadlarni kutgandi, hamda shu tariqa, eng daromadli nomoliyaviy kompaniyaga aylandi.

Mavzuga oid
Top