12:20 / 13.10.2017
12840

Turkiya zirhli texnikasi Suriya bilan chegarani kesib o‘tdi

Foto: Reuters/Arxiv

Turkiya qurolli kuchlarining yirik harbiy guruhi Suriya bilan chegarani kesib o‘tdi va Idlib viloyati hududiga kirdi. Bu haqda RIA «Novosti» NTV telekanaliga asosan xabar bermoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Turkiya-Suriya chegarasini sakkizta tank, 50 ta zirhli avtomashina va taxminan 200 nafar harbiy xizmatchi kesib o‘tgan.

Ta'kidlanishicha, harbiy guruh Idlibda keskinlikdan xoli hudud ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida joylashmoqda.

Avvalroq AQSh Turkiyaning Suriyadagi rejalariga munosabat bildirgandi.

Top