00:03 / 13.10.2017
6245

YuNeSKO o‘ziga yangi rahbar tayinlay olmayapti

Foto: AP Photo / Christophe En

YuNeSKO ijroiya kengashi tashkilotga bosh direktor saylay olmayapti. 12 oktabrda saylovning 4-turi bo‘lib o‘tgan.   

YuNeSKO rahbari lavozimiga 3 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ular Fransiyaning sobiq madaniyat vaziri Odri Azule, Misrning oila va jamiyat masalalari bo‘yicha sobiq vaziri Mushira Xattob va qatarlik Xamad bin Abdulaziz Al-Kavariy.

Ovoz berish natijasida Azule va Xattob 18 tadan ovoz, Al-Kavariy esa 22 ovoz to‘plagan. Bosh direktor bo‘lish uchun zarur bo‘lgan 30 ta ovozni hech kim to‘play olmagan.

YuNeSKOning keyinroq bo‘lib o‘tadigan 39-sessiyasida saylovlarda g‘olib bo‘ladigan nomzod tasdiqlanadi.

Top