O‘zbekistonda antennalar va konditsionerlarni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatish taqiqlanishi mumkin
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan ko‘p kvartirali uylarda turar va noturur joylardan, umumiy mulkdan foydalanish va ularni saqlash masalasiga bag‘ishlangan Qo‘mita yig‘ilishi tashkil etildi.
Tadbirda mazkur dolzarb masalaning bugungi holati hamda aholi bilan o‘tkazilgan bevosita uchrashuv va muloqotlarda ko‘tarilgan savollar, fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda sohaga oid huquqiy bazani hamda uy-joy va kommunal xizmatni tubdan yaxshilash masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.
O‘z navbatida, tadbirda deputatlar tomonidan hududlardagi ishlarning haqiqiy ahvolini o‘rganish va aholi bilan o‘tkazilayotgan doimiy muloqotlar davomida uy-joy va kommunal sohada foydalanilmagan imkoniyatlar va kamchiliklar mavjudligi alohida qayd etildi. Jumladan, umumiy mulkdan foydalanish, ularni saqlab turish masalalari, ko‘p qavvatli uylarning tashqi fasad arxitekturasini buzilishi, tez tibbiy yordam va yong‘in xavfsizligi texnikalari halaqit qiluvchi noqonuniy qurilishlar, ruxsat etilmagan joylarni o‘rab olish shular jumlasidandir.
Bir guruh deputatlar tomonidan “Ko‘p kvartirali uylarda turar va noturar joylardan, umumiy mulkdan foydalanish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi. Davra suhbati davomida mazkur qonun loyihasi ishtirokchilar soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida keng muhokama qilindi.
Qonun loyihasida ko‘pkvartirali uylarda umumiy mulkni texnik va sanitar saqlash, joriy va mukammal ta'mirlash, hududni obodonlashtirish, hovli atrofini ko‘kalamzorlashtirish, bolalar maydonchasiga xavfsiz va zamonaviy o‘yingoh konstruksiyalarini o‘rnatish, injyener-muhandislik tizimlarini saqlanuvchanligini ta'minlash, sanitar-epidemiologik va texnik talablarga hamda yong‘in xavfsizligi tartiblariga rioya etilishi, xonadon ichida ta'mirlash ishlarini qo‘shnilarga xalaqit qilmasdan bajarish tartiblari va boshqa masalalar nazarda tutilgan.
Depututlar va tadbir qatnashchilari tomonidan qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan bir qator aniq taklif va tavsiyalar bildirib o‘tildi. Binolar, turar joy va yordamchi xonalarning arxitektura-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirish bilan bog‘liq yoki binolar konstruksiyalarining yuk ko‘tarish qobiliyatiga ta'sir qiluvchi ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, xonadonlarni ta'mirlash jarayonida ichki tutib turuvchi devor va ustunlarni qayta joylashtirish, ventilyatsiya shaxtalari va kanallarini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartish va rekonstruksiya qilishni tartibga solish kabi masalalar shular jumlasidandir.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarning ko‘pxonadonli uylarda yashovchilar, yoshlar va bolalar o‘rtasida turli musobaqalar hamda bayramlar tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha takliflariga ham e'tibor qaratildi.
Tadbir yakunida muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mavzuga oid
23:32 / 18.10.2024
Konditsioner va elektromobillar kelajakda energiya iste’molining asosiy drayveri bo‘ladi
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
09:46 / 27.06.2024
Toshkent yerusti metrosi vagonlarida sovitish tizimi ishlamayotgani sababi aytildi
11:49 / 20.06.2024