19:13 / 14.10.2017
6889

Afg‘onistonda havo hujumi natijasida IShID jangarilari yo‘q qilindi

Afg‘onistonda IShIDning kamida 20 nafar jangarisi aviazarba natijasida yo‘q qilindi. Bu haqda «Sinxua» agentligi Kunar viloyati politsiyasi rahbari Juma Himatga asosan xabar tarqatdi.

«Uchuvchisiz boshqariladigan qurilma IShID jangarilari guruhiga Chavkay tumanida payshanba kuni aviazarba berdi, hodisa oqibatida kamida 20 kishi yo‘q qilindi», - deya aytib o‘tgan Himat.

Avvalroq Suriyaning IShID tomonidan egallab olingan va ma'muriy markaz deb e'lon qilingan Raqqa shahri butunlay estremistlardan ozod qilingani xabar berilgandi.

Top