08:45 / 14.10.2017
6640

Anqara Damashqqa mart oyida urib tushirilgan samolyot uchuvchisini topshirdi

Foto: migavia.ru

Turkiya Suriyaga harbiy uchuvchini topshirdi. Uchuvchi samolyoti Turkiyaning janubiy viloyatlaridan birida mart oyida urib tushirilgandi.

Uchuvchi josuslik ayblovi bilan 7 oy hibsda ushlab turilgach, sud uni 13 oktabrda ozod qilishga qaror qildi. 

Turk qo‘shinlari joriy yilning mart oyida Suriyaga tegishli MiG-21 samolyotini urib tushirishgandi. Uchuvchi samolyot Turkiyaning aholi punkti ustiga tushmasligining oldini olib, harbiy mashinasini undan nariga olib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Sud uchuvchini ozod qilishda shu holatni ham hisobga olgan, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi. 

Top