22:00 / 14.10.2017
21638

Bolalar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlari uchun nima yeyishlari kerakligi aniqlandi

Foto: .pravmir.ru

Miyaning qisqa vaqtga faolligini oshirish uchun bolalar imtihon oldidan chernika yeyishlari kerak ekan. Bunday fikrga Britaniyaning Reding universiteti olimlari kelishdi. Ular o‘tkazgan tadqiqot natijalari haqida The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Olimlar kichik yoshdagi bolalar guruhiga topshiriq berishdi: bolalar kompyuter erkanidagi strelkalarni kuzatib, ularning yo‘nalishiga (chap, o‘ng, yuqori, past) mos tugmani bosishlari kerak bo‘lgan.

Topshiriq oldidan chernika sharbatli ichimlik ichgan bolalar topshiriqni boshqa  bolalarga nisbatan 10 foizga aniqroq va tezroq bajarishgan.

Chernikaning foydali tomonlari, misol uchun, yallig‘lanishga qarshi samarasi haqida avval ham ma'lum bo‘lgan, biroq yangi tadqiqot bu rezavor o‘simlik aqliy malakalarga ham ijobiy ta'sir qilishini isbotladi.

Top