10:53 / 14.10.2017
8643

Bosqinchilik jinoyatini sodir etib, 2010 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Yunusobod tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda bosqinchilik jinoyatini sodir etib, 2010 yildan beri qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Yunusobod tumanida 13 oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan ayblanib, 2010 yil 23 sentabridan qidiruvda bo‘lgan, 1991 yilda tug‘ilgan, Yunusobod 13-11-uyda ro‘yxatda turuvchi B.S. A.Temur ko‘chasi 71-uy oldida ushlandi. 

Top