Mirziyoyev Xiva shahriga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi Nurillaboy saroy majmuasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur saroy hududi shu yerda yashab o‘tgan Nurillaboy ismli savdogarga tegishli bo‘lgan. Majmua xorijlik mehmonlarni qabul qiladigan qarorgoh vazifasini o‘tagan.
Davlat rahbari joriy yil yanvar oyida viloyatga qilgan tashrifi chog‘ida mutasaddilariga mazkur majmuani zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Prezident tavsiyasiga ko‘ra ishlab chiqilgan loyihaga binoan bu yerda mehmonxona, restoran, qabullar uyi, galereya, amfiteatr, hunarmandlar ko‘rgazmasi tashkil qilingan.
Shuningdek, ko‘rgazmalarda Xorazmning XIX-XX asrlardagi tarixiy fotosuratlari, birinchi o‘zbek kinooperatori va fotosuratchisi Xudoybergan Devonov olgan suratlar va kinoasarlar namoyish etilmoqda. «Xorazm an'anaviy hunarmandchiligi: tarix va zamonaviylik», «O‘zbekiston zavonaviy san'ati: ohanglar, timsollar, talqinlar» mavzuidagi ko‘rgazmalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Prezident Xiva shahri me'morchilik obidalari, jumladan, mazkur majmuaning boy tarixi haqida sayyohlar va xorijlik mehmonlarga zamonaviy uslublarga tayangan holda so‘zlab berish, bu bilan ularning O‘zbekiston haqidagi tasavvurlarini yanada boyitish zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
10:50 / 28.10.2024
Xorazmda ayrim loyihalar uchun Polsha texnologiya va investitsiyalari jalb qilinadi
16:26 / 16.10.2024
Xorazmda yana reyderlik. Sholikorlar hosilini tortib olish ommaviy tus olganmi?
18:40 / 18.09.2024