19:07 / 14.10.2017
10165

Oliy liga. "Paxtakor" "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi, "Bunyodkor" safarda ochko yo‘qotdi

Foto: Oliy liga

Oliy ligada 24-turdan o‘rin olgan uch o‘yin o‘tkazildi.

"Bunyodkor" safarda "Metallurg" mehmoni bo‘lib, so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Zohid Abdullayevning 73-daqiqada darvozaga kiritgan to‘piga, Farruh Ikromov so‘nggi daqiqada urilgan gol bilan javob qaytardi.

Raqobatchining ochko yo‘qotishidan "Paxtakor" unumli foydalanib qoldi. O‘z maydonida qo‘qonliklarni qabul qilgan toshkentliklar Suhrob Nurulloyev va Tiago Bezerra gollari evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritishdi.

"Buxoro" ham peshqadamlardan qolishmaslikka harakat qildi. Ular safarda "Sho‘rtan" kuragini yerga tekkizishdi.

Ayni paytda, chempionat jadvalida "Lokomotiv" 54 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Uni ta'qib etib kelayotgan "Nasaf" hisobida 47 ochko bor. Keyingi o‘rinlarni "Paxtakor" (44 ochko), "Bunyodkor" (42) va "Buxoro" (42) egallab turibdi.

Oliy Liga, 24-tur 
14 oktabr, shanba

“Metallurg” (Bekobod) – “Bunyodkor” (Toshkent) - 1:1 
Gollar: Zohid Abdullayev (73) - Farruh Ikromov (90+2).
Hakamlar: T. To‘xtasinov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), A. Shukurullayev (Toshkent)
Nazoratchi: Sh. Jumayev (Qarshi)
O‘zPFL vakili: N. Lutfulin
"Metallurg": Zafar Safoyev, Abror Xusinov, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov, Doniyor Odilov, Ayubxon No‘'monov, Murodjon Toshmatov, Sanjar Qodirqulov (Muhammadodil Qahramonov, 89), Zohid Abdullayev (Muhammadjon Sultonov, 90+2), Alisher Ziyovuddinov, Jahongir Abdumo‘minov
"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Anvar G‘ofurov, Javlon Ibrohimov, Doston Hamdamov, Dilshod Ahmadaliyev, Shoxrux Gadoyev (Farruh Ikromov, 76), Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Vohid Shodiyev, 73), Shoxruz Norxonov (Shaxzodbek Nurmatov, 59)

“Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Buxoro” (Buxoro) - 2:3
Gollar: Otabek Narzullayev (25), Jasur Xolto‘rayev (88) - Javohir Qahramonov (2), Ergash Ismoilov (17), Ivan Nagayev (19)
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: S. Najafaliyev (Toshkent)
O‘zPFL vakili: R. Chernikov
"Sho‘rtan": Eldor Tojiboyev, Jamol Otaqulov (Ma'rufxon Murodov, 61), Hasanboy Ergashev, Laziz Ubaydullayev, Obid Jo‘raboyev, Eldor Boymatov, Jasur Xolto‘rayev, Sunnatilla Mamadaliyev, Otabek Narzullayev, Ruslan Melzeddinov, Maradona Safarov (G‘ulom Rahmonov, 46).
"Buxoro": Muhiddin Xudoyorov, Boburjon Omonov, San'at Shixov, Artyom Filiposyan, Robbim Hasanov, Ergash Ismailov (Tohirjon Shamsiddinov, 55), Vladimir Bayenko, Salomat Qutiboyev, Ivan Nagayev (Bahriddin Vahobov, 89),  Alisher Sanoyev,  Javohir Qahramonov (Ivor Veytser, 90+2)

“Paxtakor” (Toshkent) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) - 2:0
Gollar: Suhrob Nurulloyev (19), Tiago Bezerra (57) 
Hakamlar: V. Agishev (Toshkent), N. Ro‘zimov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), A. Najafaliyev (Toshkent)
Nazoratchi: Nexochin (Namangan)
O‘zPFL vakili: G. Rtveladze
“Paxtakor”: Aleksandr Lobanov, Xojiakbar Alijonov, Azim Ahmedov (Akbar Ismatullayev, 44), Jamshid Iskandarov, Igor Sergeyev, Suhrob Nurolloyev (Jasur Yaxshiboyev, 82), Kamoliddin Tojiyev, Vladimir Kozak, Gidi Kanyuk, Sherzod A'zamov, Tiago Bezerra. 
“Qo‘qon-1912”: Aziz Ashurov, Jamshid Hasanov, Javohir Sidiqov, Doniyor Hasanov, Suhrob Berdiyev, Aleksandr Merzlyakov, Darko Gojkovich, Quvondiq Ro‘ziyev (Jalil Kimsanov, 69), Murod Xolmuhammedov, Oybek Rustamov (Muhammadanas Hasanov, 58), Filip Rayyevats.

Mavzuga oid
Top