Prezident “Pahlavon Mahmud” maqbarasini ziyorat qildi
Xiva shahridagi «Ichan-qal'a» muzey qo‘riqxonasi hududidagi «Pahlavon Mahmud» majmuasida ta'mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi O‘zA.
Prezident mazkur majmuada olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu hududda bo‘ldi. Qur'on tilovat qilindi.
Ilgari bu joylar tashlandiq maskanga aylanib qolgan edi. Bu yerlar insonga ruhiy quvvat beradi. Buni kelayotgan ziyoratchilarning ko‘pligidan ham bilsa bo‘ladi, dedi prezident.
Mazkur majmuaga kuniga o‘rtacha 400 ga yaqin ziyoratchi keladi. Ta'mirlash va qurilish ishlarini joriy yil oxirida yakuniga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Ta'mirlashda barcha jihatlar e'tiborga olingan. Havo haroratining mo‘'tadilligini ta'minlovchi zamonaviy tizimlar o‘rnatilgan.
Prezident bu yerda ziyoratchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Davlat rahbari Sherg‘ozixon madrasasini ko‘zdan kechirdi. Bu maskanda ta'lim olgan allomalar sharafiga tashkil qilingan muzey faoliyati bilan tanishdi.
Mavzuga oid
08:53 / 28.09.2024
Xiva vokzali yonida yerosti yo‘l o‘tkazgichi barpo etiladi
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
20:30 / 08.06.2024
Xivada 11 yoshli bolani devor bosib qoldi
15:10 / 05.06.2024