09:39 / 14.10.2017
7223

Ruhoniy: AQSh Eron atom bo‘yicha kelishuvini yakka tartibda buza olmaydi

Foto: IRNA

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyniing bayonot berishicha, AQSh  Eron yadro dasturi bo‘yicha oltilik va Tehron o‘rtasida erishilgan kelishuvdan yakka tartibda chiqa olmaydi. U Eron televideniyesi orqali qilgan chiqishida shunday fikrni bildirgan. 

"Hech bir prezident BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlangan xalqaro kelishuvni bekor qila olmaydi, - deya Ruhoniy so‘zlarini keltiradi Press TV. – Bu Eron va AQSh o‘rtasidagi bitim emas, uni bekor qilib bo‘lmaydi".

Eron rahbari, shuningdek, kelishuv shartlarini o‘zgartirish imkoniyatini ham rad etgan. "U Qo‘shma keng qamrovli rejaga Kongress bilan yangi bandlarni qo‘shishni rejalashtirmoqda. Biroq u bu kelishuvga hech qanday yangi shart qo‘shila olmasligini bilmaydi", - deb ta'kidlagan Ruhoniy. 

Bundan avval, Amerika prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar istalgan vaqtda Eron yadro kelishuvidan chiqishi mumkinligi haqida bayonot bergan edi. 

Top