O‘zbekiston | 11:47 / 14.10.2017
36863
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish, istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida 14 oktabr kuni Xorazm viloyatiga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xorazm yirik sanoat korxonalari, transport va kommunikatsiya tizimlari, kichik biznes salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. “GM Uzbebekistan” aksiyadorlik jamiyatining Xorazm filiali, “UzXMG” ekskavator zavodi, “O‘zteks Shovot”, “Xorazm maishiy texnika” korxonalari, “Xorazm shakar” qo‘shma korxonasida ichki va tashqi bozorda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Murakkab iqlim sharoitiga qaramay viloyat dehqonlari qishloq xo‘jaligida mo‘l hosil yetishtirmoqda. 

Davlat rahbari 2017 yil 27-28 yanvar kunlari Xorazmga tashrifi chog‘ida viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish, ijtimoiy obektlar barpo etish va infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab bergan edi. 

Shunga muvofiq, o‘tgan davrda hududda ko‘plab yangi korxonalar, kichik biznes sub'yektlari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Turizm, to‘qimachilik, baliqchilik, parrandachilik, irrigatsiya va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Uy-joylar, shifoxonalar, maktab va san'at dargohlari qurildi. Yana qator loyihalar bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. 

Prezidentning Xorazm viloyatiga safari davomida avvalgi tashrifda belgilangan rejalar qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishishi, hudud taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilanishi rejalashtirilgan. 

Mavzuga oid