20:10 / 14.10.2017
7828

Somali poytaxtida yuk mashinasi portlashi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Foto: hindustantimes.com

Somali poytaxti Mogadishodagi portlash oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga iqtibos keltirgan holda "Assoshieyted Press" axborot agentligi xabar bermoqda. 

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, shaharning Xodan deb nomlangan tumanining gavjum ko‘chalaridan birida portlovchi modda bilan to‘ldirilgan yuk mashinasi portlagan. Portlashdan keyin o‘q ovozlari eshitilgan. 

Politsiya vakili Muhammad Husaynning ma'lum qilishicha, portlagan mashina xavfsizlik kuchlarida shubha tug‘dirgan va ular mashina ortidan kuzatuv olib borishgan. Politsiyachining ta'kidlashicha, portlashdan maqsad mehmonxona bo‘lgan bo‘lishi mumkin.  

Top