22:11 / 14.10.2017
9534

Suriya o‘z hududidan turk qo‘shinlarining olib chiqilishini talab qildi

Foto:AFP 2017 / Omar haj kadour

Suriya tashqi ishlar vazirligi Anqaradan Idlib viloyatidan qo‘shinlarini olib chiqishni talab qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Suriya tashqi ishlar vazirligida turk qo‘shinlarining viloyatga olib kirilishi qonunbuzarlik va tajovuz deb ataldi.

Turkiya o‘z navbatida harbiylari Idlibda deeskalatsiya hududini nazorat qilish uchun joylashtirilganini aytgan. 

Avvalroq OAVda Turkiya-Suriya chegarasini Turkiya qurolli kuchlarining 8 ta tanki, 50 ta bronetransportyori va 200 ga yaqin harbiysi kesib o‘tgani ma'lum qilingan.

Top