09:18 / 14.10.2017
16710

Timoshenko Ukraina prezidenti bo‘lmoqchi

Foto: Petr Kassin / Kommersant'

«Batkivshina» fraksiyasi rahbari Yuliya Timoshenko Ukrainada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida ishtirok etmoqchi. U bu haqda Ukrainaning NewsOne telekanali efirida ma'lum qildi. Uning fikricha, «haqiqiy demokratik partiyalar bir-biri bilan hamkorlik qilishi kerak».

«Men endi o‘z ovozim, jamoamning ovozi, menga ishonadigan odamlarning ovozini boshqa hech kimga ishonib topshirmayman. Men aniq aytishim mumkin: prezidentlikka nomzod bo‘laman. Biz mamlakatni oyoqqa turg‘azish uchun g‘alaba qozonamiz. Men endi bu ishni hech kimga ishonmayman», - dedi Timoshenko xonim. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina sobiq prezidenti va bosh vaziri Viktor Yushchenko hamda Arseniy Yatsenyukning qo‘llab-quvvatlanishi «hech narsaga olib kelmagan». 

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada prezidentlik saylovlari 2019 yilning 31 mart kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

Top