15:20 / 14.10.2017
19097

Tramp g‘alati uchrashuv haqida so‘zlab berdi

Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp o‘zi davlat rahbari sanaluvchi Virgin orollari «prezidenti» bilan uchrashuv o‘tkazganini xabar berdi, deya ma'lum qilmoqda CNN telekanali.

«Men sizga shuni aytishim mumkinki, Texasdan, Floridadan, Luizianadan jo‘nab ketib, Puerto-Rikoga yo‘l oldim, hamda men Virgin orollari prezidenti bilan uchrashdim», - deya ma'lum qildi Tramp Vashingtondagi Values Voter Summit anjumanida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Virgin orollari aholisi va ularning prezidenti - «aql bovar qilmaydigan odamlardir».

Ma'lumot uchun, Virgin orollari AQSh hukumati nazoratida bo‘lib, ularning rahbari gubernator Kennet Meppa sanaladi.

 

Top