15:30 / 15.10.2017
12625

Qirolichaning qaytishi. Mariya Sharapova 2,5 yil ichidagi ilk sovrinni qo‘lga kiritdi

Jahonning sobiq birinchi raketkasi, rossiyalik Mariya Sharapova Xitoyning Tyantszin shahrida o‘tkazilgan turnirda g‘alaba qozondi. U finalda belaruslik Arina Sobolenkoni mag‘lub etdi - 7:5, 7:6.

Bu uning faoliyatidagi 36-sovrin bo‘ldi. Shu bilan birga diskvalifikatsiya muddatini o‘tab qaytgan Sharapova 2015 yil bahoridan buyon ilk sovrinni qo‘lga kiritmoqda. U diskvalifikatsiyaga uchrashidan oldin, 2015 yil martida Rimda o‘tkazilgan turnirda g‘olib bo‘lgandi.

Bu g‘alaba evaziga 30 yoshli rossiyalik tennischi 280 reyting ochkosiga ega bo‘ldi. U yangi reytingda 1005 ochko bilan 57-o‘ringa ko‘tariladi.

Tianjin Open
Tyantszin, Xitoy
9 – 15 oktabr
International
Sovrin jamg‘armasi – 500 000 dollar
Ochiq kortlar, xard
Final

Mariya Sharapova (Rossiya) – Arina Sobolenko (Belarus) 
7:5, 7:6 (10:8)

Mavzuga oid
Top