Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi saylovda davomat past
15 oktabr kuni Qirg‘izistonda o‘tkazilayotgan prezidentlik saylovida mahalliy vaqt bilan soat 17:00 holatida, ro‘yxatga olingan 3 million 25 ming 902 saylovchidan 1 million 213 ming 803 nafari ishtirok etgan. Bu esa saylovda davomat 40,12 foizligini ko‘rsatadi.
Mamlakat Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari To‘lqinbek Abdig‘ulov bergan ma'lumotga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 16:00da saylovda qatnashgan fuqarolar umumiy saylovchilarning 35,8 foizga teng edi. Bir soat davomida ularning soni 5 foizga o‘sgan.
Ayni paytgacha O‘sh (52,8 foiz), Talos (45,75 foiz) va Bishkekda (45,05 foiz) ishlab turgan saylov uchastkalarida faollik kuzatilmoqda.
Bu vaqtda, Qirg‘izistonning Moskvadagi elchixonasi atrofida hozircha nima maqsadda yig‘ilgani aniqlanmagan qirg‘izlar yurtdoshlaridan namoyishga qo‘shilishini so‘ramoqda. Rossiya TIV Axborot xizmati mazkur voqea yuzasidan rasmiy bayonot bergani yo‘q.
Mavzuga oid
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
15:22 / 07.01.2026
Japarov Qirg‘iziston va Tojikiston yarashishida Shavkat Mirziyoyevning o‘rni katta bo‘lganini aytdi
23:08 / 03.01.2026