17:40 / 15.10.2017
13049

Somalidagi terakt qurbonlari soni 200 nafarga yaqinlashdi

Foto: Associated Press

Somali poytaxti Mogadisho shahrida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni 189 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Associated Press mahalliy politsiyaga asoslanib xabar bermoqda.

Shuningdek, 250 nafardan ortiq kishi jarohatlangan holda shifoxonalarga yotqizilgan.

Oxirgi xabarlarda Somalidagi portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 85 kishini tashkil qilgani haqida aytilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, 14 oktabr kuni Mogadishoning serqatnov ko‘chalaridan birida portlovchi qurilma o‘rnatilgan yuk mashinasi portlatildi.

Mavzuga oid
Top