14:50 / 15.10.2017
7563

O‘zbekiston va Jahon Banki kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha Jahon Banki vitse-prezidenti Siril Myuller bilan uchrashdi.

Uchrashuv Vashingtonda o‘tkazilayotgan Xalqaro Valyuta jamg‘armasining kuzgi sessiya davomida tashkillashtirildi. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, ikki tomon vakillari o‘zaro manfaatdor masalalarga alohida to‘xtalib o‘tgan.

Muhokama etilgan masalalar qatorida O‘zbekistonda energetika, irrigatsiya va kommunal tarmoqlar bo‘yicha yangi loyihalarni joriy etish, shuningdek, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni yanada rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.

Jahon Banki vitse-prezidenti joriy yil 20 sentabrda bo‘lib o‘tgan prezident Shavkat Mirziyoyev hamda Jahon Banki prezidentining uchrashuvini eslab o‘tib, uning ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.

Top