09:48 / 16.10.2017
6501

Afg‘onistonda yirik teraktning oldi olindi

Afg‘oniston poytaxtida huquq-tartibot idoralari tomonidan yirik teraktning oldi olindi, deya xabar bermoqda Associated Press agentligi politsiyaga asosan.

Kobul jinoiy politsiyasi boshlig‘i Muhammad Salim Olmosning jurnalistlarga bergan ma'lumotiga ko‘ra, politsiya yuk mashinasini to‘xtatgan, u yerdan esa 2,7 ming kg. portlovchi modda topilgan.

Khaama Press agentligiga ko‘ra, voqea shanba kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Politsiyachilar nazorat punktida avtomashinani to‘xtatish buyrug‘iga bo‘ysunmagan jangariga qarata o‘t ochishgan. Terrorchi o‘q bilan jarohatlangan.

Huquq-tartibot idoralarining taxminicha, terakt «Tolibon» harakatiga aloqador bo‘lgan «Haqqoniy» terrorchilik guruhi tomonidan rejalashtirilgan. Xabar qilinishicha, mashina Kobulning aholi eng zich tumanida portlatilishi kerak bo‘lgan.

Top