17:20 / 16.10.2017
14614

Favqulodda vaziyatlar vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublika Favqulodda vaziyatlar vaziriga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi. 

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga asosan Azizbek Latifjonov favqulodda vaziyatlar vazirining moliya-iqtisod va moddiy-texnik ta'minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Latifjonov avval Moliya vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Shuningdek, davlat rahbarining qaroriga asosan Sohib Qudratov favqulodda vaziyatlar vazining kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bundan avval u O‘zbekiston prezidenti Devonida ishlagan.

Top