11:20 / 16.10.2017
19758

Qirg‘izistonda terrorchilarni yollovchi xorijlik shaxs qo‘lga olindi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ShHTga a'zo davlatlar maxsus xizmatlari tomonidan ekstremizmga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi, deya xabar berdi RIA Novosti Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayangan holda.

«1971 yilda tug‘ilgan MDH davlatlaridan birining fuqarosi ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarni amalga oshirgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan. U aniqlandi va qo‘lga olindi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Maxsus xizmatlar ma'lumotiga ko‘ra, qo‘lga olingan erkak MDH fuqarolarini «g‘oyaviy jihatdan o‘ziga og‘dirib», ularga terrorchilik dunyoqarashini singdirmoqchi bo‘lgan.

 

Mavzuga oid
Top