Sport | 08:33 / 16.10.2017
27027
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldino «Barselona»ni 2008 yilda nega tark etganini aytdi

Foto: Getty Images

«Barselona» sobiq hujumchisi Ronaldinoning ma'lum qilishicha, Kataloniya klubidan 2008 yilda ketishi bosh murabbiy lavozimiga Xosep Gvardiolaning tayinlanishi bilan bog‘liq bo‘lmagan.

«Men hamma narsaga erishib bo‘lganim va yangi chaqiriqqa muhtojligim sabab klubni tark etishga qaror qildim. Gvardiola bilan munosabatlarimiz yaxshi edi. Mening futbolga bo‘lgan qiziqishim so‘ngani noto‘g‘ri. „Barsa“dan keyin ham g‘alaba qozonishda davom etdim. „Atletiko Mineyro“ bilan Libertadores kubogi, „Flamengo“da yetti oylik mag‘lubiyatsiz seriya, „Keretaro“ bilan Meksika kubogidagi g‘alaba. Men hech narsadan afsusda emasman», - deya Ronaldinoning so‘zlarini keltiradi Marca.

Mavzuga oid