Telegram FXX bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani uchun jarimaga tortildi
Moskvaning Meshchanskiy tumani 383-sud uchastkasidagi Yarashtiruv sudi Telegram Messenger LLP (London)ni FXXning foydalanuvchilar xabarlarini dekodlash uchun ma'lumot taqdim etish so‘rovini ijro etishdan bosh tortgani uchun 800 ming rublga jarimaga tortildi. "Interfaks" shu haqida xabar berdi.
Sudyaning aniqlik kiritishicha, undiriladigan jarima Moskva shahri byudjyetiga yo‘naltiriladi. Sud qarorida shuningdek ayblanuvchiga sud qarorini bajarmaslik uchun javobgarlik va Moskva Meshanskiy sudida unga qarshi chiqish imkoni haqida izoh beriladi.
Ma'muriy ish bo‘yicha sudda berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 12 iyulida FXX Telegram'ning Londondagi idorasiga 16 iyul sanasiga qadar olti telefon raqami bo‘yicha ma'lumot taqdim etish zarurati to‘g‘risida so‘rov yo‘llagan. Telegram esa bunga javob qaytarmagan.
Shundan so‘ng, 31 avgustda FXX messenjer rahbariyatini ma'lumot saqlash, ijro etish va yetkazish to‘g‘risidagi federal qonunni bajarmaganlik uchun ma'muriy qonunbuzarlikka doir protokol tuzish rejasidan boxabar qilgan va 14 sentabr kuni shunday qilingan.
Dushanba kuni sudya Danilchik Telegram'ni 13.31-moddaning 2.1-bandida ko‘zda tutilgan qonunbuzarlikda aybdor deb tan olgan.
Ta'kidlash joizki, Sud majlisi Telegram vakillari ishtirokisiz o‘tgan.
Bundan avval Telegram asoschisi Pavel Durov kompaniyaga bosim o‘tkazuvchi mamlakatlarda biznesni to‘xtatishga tayyorligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
18:03 / 03.11.2024
Telegram mini-ilovalar uchun yangi funksiyalarni joriy qiladi
19:23 / 02.11.2024
Belgiya Telegram tergovida Fransiya bilan hamkorlik qiladi
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
11:41 / 01.11.2024