17:40 / 16.10.2017
18505

«O‘zbekiston Havo yo‘llari»​ eng tartibli ​kompaniya deb tan olindi

O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi «Mineralnyye vody» aeroporti tomonidan e'lon qilingan reyting bo‘yicha eng tartibli parvozlarni amalga oshiruvchi kompaniya etib tan olindi.

2017 yil sentabr oyida «Mineralnyye vody» aeroportida amalga oshirilgan barcha parvoz va qatnov yo‘nalishlarini sarhisob qilib chiqqan mutaxassislar «O‘zbekiston Havo yo‘llari»ni birinchi o‘ringa loyiq, deb topdi. Reytingga kiritilgan kompaniyalarning har biri sentabr oyida kamida 4-10 parvozni amalga oshigan.

Bugungi kunda, «O‘zbekiston Havo yo‘llari» MAK haftasiga ikki kun - seshanba va yakshanba kunlari «Mineralnyye Vody» aeroportiga qo‘nadi.

Top