08:42 / 17.10.2017
8475

BMTning inson huquqlari kengashiga yangi a'zo davlatlar saylandi

BMT Bosh assambleyasidagi ovoz berish davomida 2018-2020 yillarda BMTning inson huquqlari kengashida a'zolik qiluvchi davlatlar aniqlab olindi.

16 oktabrda kengashni 2017 yil 31 dekabrda tark etuvchi 15 ta davlatning o‘rnini egallaydigan davlatlar saylovlari bo‘lib o‘tdi. 

Joriy yilda Sharqiy Yevropa davlatlari guruhidagi ikkita o‘ringa Slovakiya va Ukraina Albaniya va Latviya o‘rniga da'vogarlik qilgandi. Ikkala davlat ham BMT Bosh assambleyasiga a'zo davlatlarning ko‘pchilik ovozini oldi.

Kengashda Sharqiy Yevropadan hammasi bo‘lib 6 ta davlat a'zolik qiladi. Unda Xorvatiya, Gruziya, Vengriya va Sloveniya qoladi. 

Kengash tarkibiga 47 ta davlat kiradi. Bu davlatlar ikkinchi muddatga saylanish imkoni bilan uch yilga saylanadilar. Kengashga Afrikadan 13 ta davlat, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan 13 ta davlat, Lotin Amerikasidan 8 ta davlat, Sharqiy Yevropadan 6 ta va G‘arbiy Yevropa va boshqa davlatlardan 7 ta davlat kiradi.

Joriy saylovlarda, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidan 4 ta o‘ringa 5 ta davlat da'vogarlik qildi. Natijada kengash tarkibiga Nepal, Qatar, Pokiston va Afg‘oniston kiradigan bo‘ldi.

G‘arbiy Yevropa davlatlaridan va boshqa davlatlardan Avstraliya va Ispaniya saylandi. 

Lotin Ameriikasidan Meksika, Peru va Chili kengashning yangi a'zolari bo‘ldi. 

Afrika davlatlaridan Angola, Kongo Demokratik Respublikasi, Nigeriya va Senegal kengashga saylandi.

Saylov natijalariga Human Rights Watch huquqni himoya qilish tashkiloti tomondan izoh berildi. Tashkilotda Kongoning saylanishi "ushbu davlat hukumati zo‘ravonligi jabrlanuvchilariga tarsaki tushirish" deb ataldi.

"Kongo xavfsizlik kuchlari o‘tgan yil 5 mingga yaqin odam o‘ldirilgan va 90 ta ommaviy qabr topilgan Kasai viloyatidagi (Kongo viloyati – tahr.) zo‘ravonlik holatlarining ko‘pchiligi uchun javobgarligi uning BMTning inson huquqlari bo‘yicha bosh idorasida a'zo bo‘lishga noloyiqligini ko‘rsatadi", deb aytgan HRW’ning BMTdagi direktori Luis Sharbonno.

Top