16:01 / 17.10.2017
19172

Mikrodunyoning eng sara suratlari - Nikon Small World 2017 g‘oliblari

Nikon Small World xalqaro tanlovi 1975 yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinadi. Uning vazifasi - butun dunyoga tabiatning qurollanmagan ko‘zdan yashirin go‘zalliklari va sirlarini namoyish qilish. Bu yili tanlov doirasida 2 mingdan ortiq surat ko‘rib chiqildi. Suratlar dunyoning 88 mamlakat ishtirokchisi tomonidan optik mikrofoto texnologiyasi yordamida olingan.

Quyida Nikon Small World 2017 tanlovida g‘olib bo‘lgan eng sara va qiziqarli 20 surat e'tiboringizga havola etiladi.

Xamirturush va qo‘ziqorin ustuni. Muallif: Treysi Skott, Itaka, Nyu-York, AQSh. 40 karra kattalashtirilgan surat

Sichqon embrionining mushak to‘qimasi. Muallif: doktor Dilan Bernett, Neshvill, Tennesi, AQSh. 100 karra kattalashtirilgan surat

Dengiz bodringining po‘sti. Muallif: Xaristian Gote. Le-Man, Fransiya. 100 karra kattalashtirilgan surat

 

Inson sochlaridagi tugun. Muallif: Xarald Andersen. Shtaynberg, Norvegiya. 40 karra kattalashtirilgan surat

 

Chittak pati. Muallif: Marek Mi. Suvalki, Podlyaskoye, Polsha. 25 karra kattalashtirilgan surat

 

Ko‘rshapalak homilasining 3-trimestri. Muallif: doktor Rik Adams. Grili, Kolorado shtati, AQSh. 18 karra kattalashtirilgan surat

 

Mestra amymone kapalagining bargga qo‘ygan tuxumlari. Muallif: Devid Millard. Ostin, Texas, AQSh. 7,5 karra kattalashtirilgan surat

 

Exaerete frontalis (kakku-asalari). Muallif: Levon Biss. Ramsberi, Buyuk Britaniya. 10 karra kattalashtirilgan surat

 

Opiliones o‘rgimchagining ko‘zi. Muallif: Charlz Krebs. Issakua, Vashington, AQSh. 20 karra kattalashtirilgan surat

 

Kredit karta gologrammasidagi yoriq. Muallif: Stiven Saymon. Grand-Preri, Texas, AQSh. 10 karra kattalashtirilgan surat

 

Tasma-chuvalchang. Muallif: Tereza Zgoda. Rochester, Nyu-York, AQSh. 200 karra kattalashtirilgan surat

 

3-o‘rin: Volvox tirik suv o‘tlari sho‘'ba koloniyalarni chiqarmoqda. Muallif: Jan Mark Babalyan. Nant, Fransiya. 100 karra kattalashtirilgan surat

 

2-o‘rin: Senecio Vulgaris urug‘ boshi. Muallif: doktor Xafi Sarfati, Yaxud Monoson, Isroil. 2 karra kattalashtirilgan surat

 

1-o‘rin: Inson terisining o‘lmas hujayralari. Muallif: doktor Bram van den Bruk, Andrey Volkov, d-r Kis Jalink, d-r Reynxard Vindvufer, d-r Nikol Shvarts. Amsterdam, Niderlandiya. 40 karra kattalashtirilgan surat

Mavzuga oid
Top