Ramzan Qodirov Samarqandda Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
16 oktabr kuni O‘zbekistonga kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov 17 oktabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Uning Samarqandga tashrifi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshlandi. Qabr oldida taomilga ko‘ra, Qur'on tilovat qilindi.
Ramzan Qodirov marhum Prezident Islom Karimov dafn etilgan hududda barpo etilayotgan yodgorlik majmuasi bilan yaqindan tanishgan. Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmalari asosida takomillashtirilayotgan majmuada olib borilayotgan ishlar Checheniston rahbarida katta taassurot qoldirgan.
Ramzan Qodirov Samarqand viloyatidagi Imom Buxoriy majmuasini ham ziyorat qilgan.

«Mehrob.uz» nashrining Facebook’dagi sahifasida yozilishicha, Ramzan Qodirov tashrif asnosida Imom Buxoriy qabrini ziyorat etar ekan, u kishiga bo‘lgan yuksak ehtiromini izhor etdi. Buyuk alloma qabrlari poyida Qur'on oyatlaridan o‘qilib, duo qilindi. Mehmon majmua tarixi bilan tanishib, dunyo ahli tan olgan buyuk imomga ko‘rsatilayotgan davlat darajasidagi e'tiborni yuksak baholadi.
Majmua yonida bunyod etilayotgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining imkoniyatlari e'tirof etildi
.Mehmonlar tashrif davomida Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, buyuk sahoba Qusam ibn Abbos roziyallohu anhu mangu qo‘nim topgan Shohi Zinda majmuasi va Registon ansamblini ham ziyorat qilishdi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

17:24 / 03.07.2025
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan fuqaroni zararsizlantirdi

12:10 / 03.07.2025
Samarqandda eksportni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘zlashtirgan mansabdorlar aniqlandi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

08:26 / 01.07.2025