Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevni Chechenistonga taklif qildi
Foto: O‘zA
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Toshkentdagi uchrashuv vaqtida Grozniyga tashrif bilan kelishni taklif qildi.
«Men Shavkat Miromonovichga o‘ziga qulay vaqtda Rossiyaga — Chechenistonga tashrif buyurishni taklif etdim! Prezident Grozniyga kelishga va'da berdi!», deya yozib qolgan u Instagram’dagi sahifasida.
Qodirov Shavkat Mirziyoyev bilan O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatish, ularga tizimli tus berish va yuqori darajaga olib chiqish haqida kelishib olgani, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyat, sport, investitsiya siyosati bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama etilganini qo‘shimcha qilgan.
Ramzan Qodirov o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi
Mavzuga oid
02:36
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
14:53 / 12.11.2025
Yerevanda chechen qizning o‘ldirilishi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:06 / 30.10.2025
Peter Pellegrini Samarqandga amaliy tashrif bilan yetib keldi
08:48 / 30.10.2025