19:55 / 17.10.2017
10786

Shahzoda Uilyamning uchinchi farzandi tug‘ilajak sana ma'lum qilindi

Foto: CHRISTIAN CHARISIUS/AP

Britaniya qirolichasining nabirasi shahzoda Uilyam va uning rafiqasi, Kembrij gersoginyasi Keyt 2018 yil aprelida uchinchi farzandlari dunyoga kelishini kutmoqdalar. Bu haqda Kensington saroyining tvitterddagi rasmiy blogida ma'lum qilindi.

"Kembrij gersogi va gersoginyasi 2018 yil aprelda farzandlari dunyoga kelishini tasdiqlashdan mamnunlar", deb aytilgan xabarda.

Keyt Middltonning homiladorligi haqida sentabr boshida ma'lum bo‘lgan. Juftlikning 4 yoshli Jorj ismli o‘g‘il va 2 yoshli Sharlotta ismli qiz farzandi bor.

Mavzuga oid
Top