12:35 / 17.10.2017
4437

Sergelida qo‘shnisiga qasddan o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi

Sergeli tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari sohaviy xizmat xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shnisiga qasddan o‘rtacha og‘ir tan-jarohati yetkazgan shaxsni qo‘lga olishdi.

Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Sergeli tumanida 25 sentabr kuni soat 18.00larda, Birodarlik 8-dahasi 34 uy oldida, 1995 yilda tug‘ilgan, Birodarlik 8-34-uyda yashovchi V.A., o‘zaro janjal oqibatida, qo‘shnisi, 1975 yilda tug‘ilgan, Birodarlik 8-34-uyda yashovchi K.A.ni qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazganligi aniqlanib, ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tuman IIB tomonidan fuqaro V.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top