19:50 / 17.10.2017
13453

Turkiyaning Mersin shahrida portlash ro‘y berdi

O‘rta Yer dengizi bo‘yida joylashgan Mersin shahrida portlash ro‘y berdi. Anadolu xabariga ko‘ra, portlash turk politsiyasi avtobusi yaqinida sodir etilgan.

Xabarda kamida 12 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

Hodisa Yenishehir tumani hududida ro‘y bergan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra, ushbu hodisa terakt sifatida baholanmoqda.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari va politsiyachilar yetib kelgan. Hozircha jabrlanuvchilar haqida rasman ma'lumot berilmadi.

Top