O‘FF Qatar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti Shayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko‘ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashdi.
Qatarda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, O‘zbekiston va Qatar federatsiyalari o‘rtasidagi o‘zaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yib, uni rahbariyat va mansabdor shaxslar, shuningdek, texnikaviy masalalar bo‘yicha ekspertlar, murabbiylar, hakamlar va futbolchilar orqali samarali yo‘lga qo‘yish kabi masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov va Shayx Hamad bin Xalifa O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi va Qatar Futbol Uyushmasining hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumini imzoladilar.
Ushbu memorandum ikki federatsiyaning turli toifadagi jamoalariga o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish va musobaqalarda ishtirok etish, tegishli mutaxassis va ekspertlariga o‘quv kurslari, seminar va konferensiyalarda ishtirok etish imkonini beradi. Bundan tashqari tomonlar sport inshootlarini qurish va ularni zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlash hamda ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilish bo‘yicha hamhamjihatlikda ishlashga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
22:56 / 15.11.2024
Hamas korpusi Qatardan ketadimi? Qaysi davlatga?
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
11:16 / 14.11.2024
«Qatarga Osiyo chempioni sifatida qaramasligimiz kerak»
20:17 / 12.11.2024