O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari «Oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi qonunga o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga energetik ichimliklar savdosini taqiqlash nazarda tutilgan tuzatish kiritishni taklif qilmoqdalar.

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida joylashtirilgan qonun loyihasiga ko‘ra, energetik ichimliklar reklamasi, bunday ichimliklarni belgilangan miqdordan ortiq darajada iste'mol qilish zararli ekani, shuningdek, uni kimlar iste'mol qilishi mumkin emasligi haqidagi ogohlantirish bilan birga amalga oshirilishi kerak. Ushbu ogohlantirishga energetik ichimliklar barcha reklama maydonining kamida 10 foizi va elektron shakldagi reklamada reklama roligi efir vaqtining kamida 5 soniyasi ajratilishi kerak.

Shuningdek, energetik ichimliklar reklamasi ichimliklarni iste'mol qilish jarayonlarini namoyish etmasligi, ijtimoiy va sport muvaffaqiyatlariga erishish yoki iste'molchilarning jismoniy va aqliy holatini yaxshilash uchun buning muhimligi haqida taassurot qoldirmasligi kerak.

Ko‘rsatilgan talablarni buzganlik uchun fuqarolarga eng kam oylik ish haqining 5 dan 10 baravarigacha, amaldor shaxslar uchun esa – 7 dan 15 baravarigacha bo‘lgan miqdorda ma'muriy jarima qo‘llash taklif etilgan.

Quyidagilarni taqiqlash nazarda tutilmoqda:

energetik ichimliklarning elektron shakldagi reklamasini ertalabki soat 7 dan kechki soat 22 ga qadar;

energetik ichimliklar namunalarini 18 yoshga to‘lmagan shaxslar o‘rtasida reklama maqsadlarida bepul tarqatish;

asosan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish, bunda energetik ichimlik nomi, tovar belgisi va tasvirini qo‘llangan yoki qo‘llanmaganiga e'tibor beriladi;

18 yoshga to‘lmagan shaxslar orasida energetik ichimliklar nomi, tovar belgisi qo‘llangan mahsulotlarni (futbolkalar, bosh kiyimlari, o‘yinlar va hokazo) tarqatish, shu jumladan sotish;

asosan bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan bosma nashrlarda energetik ichimliklar reklamasi;

energetik ichimliklarning bosma nashrlarning birinchi va oxirgi sahifalari, shuningdek ushbu nashrlarning teleradiodasturlar jadvali e'lon qilinadigan sahifalaridagi reklamasi;