21:30 / 17.10.2017
14536

Jurnalist o‘limi. «Panama hujjatlari»ni o‘rganayotgan Dafna Galitsiya halok bo‘ldi

Maltadagi taniqli bloger, jurnalist-izquvar Dafna Karuana Galitsiya mashinasiga o‘rnatilgan bombaning harakatga keltirilishi bilan halok bo‘ldi. U so‘nggi ikki yil davomida «Panama arxivi» yoxud «Panama hujjatlari» nomi bilan tanilgan loyiha ustida ish olib borayotgandi. Shuningdek, u mahalliy bank vakillarining pul yuvish mexanizmlarini yoki ularning onlayn-o‘yin mafiyalari bilan aloqadorligini fosh etib kelardi. Guardian nashrining yozishicha, uning saytdagi o‘quvchilari mahalliy rasmiy nashrlarga tashrif buyuruvchi o‘quvchilar sonidan ortib ketgan.

Times of Malta nashrining ta'kidlashicha, Galitsiya xonim o‘limidan 15 kun ilgari politsiya mahkamasiga borib, unga tahdidlar qilinayotgani haqida xabar bergandi. Bundan bir necha oylar avval, jurnalist mamlakat Bosh vaziri Jozef Muskatning turmush o‘rtog‘i va yaqin do‘stlarini davlat pasportlarini sotishda, Ozarboyjon prezidenti oilasidan pora olganlikda ayblagan. Dafna Kauana Galitsiyaning o‘limida so‘ng, Bosh vazir zudlik bilan matbuot anjumanini o‘tkazib, jurnalist uning ashshadiy tanqidchisi bo‘lganini, ammo bu ish o‘ta ketgan razolat hisoblanishini ta'kidladi. U qotillik sababini aniqlash uchun AQSh FQB yordamiga tayanishini bildirdi.

Ma'lumot uchun, jurnalist ish olib borgan loyiha Maltada eng ilg‘or yuridik Mossack Fonseca​ firmasiga tegishli hujjatlarning aylanma yo‘llar bilan boshqa shaxslarning qo‘liga tushib qolgani bilan bog‘liq. Unda 1977 yildan to 2015 yilga firma xizmatidan foydalangan mijozlar, ularning faoliyati haqida ma'lumotlar yashiringan, deb iddao qilinadi. 

Assanj Maltada o‘ldirilgan jurnalistning "qotillari" haqidagi ma'lumot uchun 20 ming yevro va'da qildi

Mavzuga oid
Top