20:31 / 18.10.2017
27866

147 kilogrammli amerikalik ayol 9 yoshli jiyanining ustiga o‘tirib o‘ldirib qo‘ydi

AQShning Florida shtatida 9 yoshli qiz 147 kilogrammli qarindoshining "jazolashi" natijasida hayotdan ko‘z yumdi. Pensacola News Journal mahalliy nashri shu haqida xabar berdi. 

64 yoshli Veronika Grin Pouzining ko‘rsatmalariga binoan, u 9 yoshli jiyani Derika Lindsi gapiga kirmagani uchun ustiga o‘tirib, uni "jazolamoqchi" bo‘lgan. Pouzining qarindoshlari aytishicha, u avval bolani chizg‘ich va metall naycha bilan urgan, bola qochishga uringanida esa, unga yetib olib, ustiga o‘tirgan. Ayolning politsiyaga ma'lum qilishicha, uning vazni - 325 funt (147 kilogrammdan ortiq).

Qo‘lga olinganlardan birining so‘zlariga ko‘ra, Pouzi jiyanining ustida 10 daqiqacha, to qizcha nafas ola olmayotganidan shikoyat qilguncha o‘tirgan. Ayol esa shundan yana ikki daqiqa keyin o‘rnidan qo‘zg‘algan va bolaning yuragi urishdan to‘xtaganini ko‘rgan. Amerikalik ayolga qotillik va bola bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lish ayblovi qo‘yilgan. 

Mavzuga oid
Top