20:48 / 18.10.2017
6092

AQShdagi biznes-parkda otishma, 3 kishi halok bo‘ldi

AQShning Merilend shtatida joylashgan biznes-parkda otishma sodir etildi. Sherif Uilyam Devis bergan ma'lumotga ko‘ra, noma'lum shaxs o‘t ochishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Jinoyatchi voqea joyidan qochib ketgan.

Ayni vaqtda politsiya guvohlarni so‘roq qilmoqda.

CNN ma'lumotiga ko‘ra, jarohatlanganlar soni ko‘proq.

Park yaqinidagi maktabdan o‘quvchilarni tashqariga chiqarmaslik so‘ralgan.

Top