13:50 / 18.10.2017
9201

Apple'ning sobiq eksperti  iPhone X'ni sinovdan o‘tkazdi

Foto: Getty Images

Ilgari Amerikaning Apple kompaniyasida faoliyat yuritgan Rayan Jons iPhone X'ni sinovdan o‘tkazdi. Uning taassurotlari zamonaviy gadjyetsevarlarga katta umid bag‘ishlamoqda. 

Ekspert yangi iPhone X'ni sinovdan o‘tkazib, o‘z mikroblogida shunga oid taassurotlari bilan bo‘lishdi. "Displey shu qadar yorqin-ki! Hoshiyalari sezilmaydi. Mobil telefon qo‘lda ushlash uchun ancha qulay. Qurilmadan foydalangandan keyingi hissiyotlarni tasvirlash qiyin. Men uchun oddiy iPhone'lar endi yo‘q, chunki iPhone X — kelajak telefoni". 

Ta'kidlash joizki, iPhone X sotuvlarining boshlanishiga bir necha hafta qoldi. 27 oktabrdan boshlab dastlabki buyurtmalar qabul qilinadi. 

Top