Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dushanbega chang bo‘roni yopirildi (foto)
Foto: Asia-Plus
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri va uning atrofidagi tumanlarga chang bo‘roni yopirildi. Sinoptiklar ob-havo keskin o‘zgarishi haqida kuni kecha ogohlantirishgandi, deb yozmoqda mahalliy nashrlar.
Kuchli shamol havoga chang va qum zarralarini ko‘tarmoqda, shuning uchun chang bo‘ronlari nafas olish yo‘llariga juda zararlidir. Fuqarolarga og‘iz va burunga chang hamda tuproq kirmaslikni ta'minlovchi turli maxsus niqoblarni kiyib olish tavsiya etildi. «Agarda sizda niqob bo‘lmasa, bandana yoki boshqa mato bo‘lagidan foydalaning. Uni oldindan biroz namlab olish ham mumkin», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, ko‘chaga chiqishdan avval burun shilliq pardasi qurib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun burun teshigi ichki qismiga oz miqdorda maxsus vositalar surtish tavsiya etilgan.





Mavzuga oid
01:00 / 25.01.2026
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
15:01 / 29.12.2025
Skandinaviyada “Yoxaness” bo‘roni: qurbonlar va katta elektr uzilishlari
19:03 / 07.10.2025
Tojikiston poytaxtida elektr samokat va giroskuterda yurish taqiqlandi
19:27 / 17.05.2025