Yoshlar ittifoqining ayrim xodimlariga avtokredit ajratiladi
2017 yil 12 oktabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri A.Aripov tomonidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar ittifoqi Kengashi raisiga, viloyat, shahar, tuman kengashlari raislariga va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan takdim etilgan ro‘yxatlar bo‘yicha, “Spark” yoki “Damas” rusumli avtotransport vositalari sotib olish uchun kreditlar ajratishi belgilandi.
Kreditlar quyidagi shartlar asosida beriladi:
kreditni berish muddati - 10 yilgacha;
dastlabki badal summasi - sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 15 foizi;
foizli stavka miqdori — O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit berish sanasidagi amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasi mikdorida;
kredit bo‘yicha ta'minlash — avtotransport vositasi chiqqungacha va u kafolat bo‘yicha rasmiylashtirilgungacha, kreditni qaytarish yuzasidan majburiyatlarni qisqa muddatli sug‘urtalashni hisobga olgan holda, kredit bo‘yicha sotib olinayotgan avtotransport vositasi kafolati;
foizlarni hisoblab yozish, asosiy qarzni va kredit bo‘yicha asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash, hisoblab yozilgan foizlarni va asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha uch oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, bank hisob-kitob metodi bo‘yicha amalga oshiriladi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi xodimlarining real ehtiyojini ularning kreditga avtotransport vositasi sotib olishga bo‘lgan xohishlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda sotib olish uchun zarur bo‘lgan avtotransport vositalari miqdorini aniqlash yuzasidan ro‘yxatlar tuzadi.
Shuningdek, mazkur ro‘yxat asosida “O‘zavtosanoat” AJ ular tomonidan “Asaka” aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga avtotransport vositalari sotib olish uchun avtotransport vositalari ajratilishini ta'minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Yoshlar ittifoqi tizimida samarali mehnat qilgan fidoyi yoshlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy propiskaga ega bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
Mavzuga oid

12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi

21:57 / 13.05.2024
Qo‘qonda 19 nafar fuqaro nomiga avtokredit rasmiylashtirgan shaxslar aniqlandi

13:54 / 10.06.2022
Chirchiqda avtokredit uchun to‘langan 1,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan jinoiy guruh rahbari ushlandi

18:15 / 08.11.2021