Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegarada zobitlarni giyohvand modda bilan ushlay boshladi
Qirg‘iziston Jo‘qorg‘i Keneshi deputati Almazbek Toktorovning fikricha, qirg‘izistonlik zobitning Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tish chog‘ida giyohvand moddalar bilan qo‘lga olingani shubhalidir. U bu haqda 18 oktabr kuni parlament yig‘ilishida aytib o‘tdi.
«2 kun avval Qozog‘istonda Qirg‘iziston Bosh shtabi zobiti giyohvand moddalar bilan qo‘lga olingani haqida ma'lumot paydo bo‘ldi. Men bu zobitning davlat sirlaridan xabari bor yoki yo‘qligini bilmayman, ammo qirg‘iz tomoni qanday choralar ko‘rmoqda? Nima uchun hali ham reaksiya yo‘q? U xalqaro mashqlarga ketayotgan bo‘lgan, chegara bo‘ylab harakatlanish tartibi qanday? Ularda daxlsizlik yoki davlatlararo shartnoma bormi?» - deb so‘ragan deputat.
Yig‘ilishda ishtirok etgan Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Rustam Mamasodiqov Bosh shtab o‘z surishtiruvini o‘tkazayotgani haqida xabar bergan. «Ha, zobit mashqlarga ketayotgan edi. Hozirda Bosh shtab surishtiruv ishlarini olib bormoqda va, ehtimol, uning natijalari bo‘yicha javob beradi», - dedi u.
«Agar shaxs mashqqa ketayotgan bo‘lsa, bunday tartib-qoidalar ko‘zda tutilgan. U giyohvand moddalar bilan ushlangani juda shubhali. Bunga ishonishni xohlamayman. Yoki Bosh shtab bu masala bilan shug‘ullanishi kerak yoxud Tashqi ishlar vazirligi murojaat bilan chiqishi lozim», - dedi A.Toktorov.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026