22:48 / 18.10.2017
12208

Lamborghini’ning ilk yo‘ltanlamasi suratlari paydo bo‘ldi

Foto: motor.ru

Lamborghini kompaniyasi Sant'Agata-Bolonezda joylashgan zavodidagi yangi mashinalar yig‘ish liniyasi suratlarini namoyish qildi. Bu suratlarda markaning ilk yo‘ltanlamasi Urus’ni ko‘targichda yarim bo‘laklangan holda ko‘rish mumkin.

Suratda modelning orqa eshigi o‘rni, gazlarni chiqarish va tormoz tizimlarini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, suratlar bilan birga tarqatilgan videoda modelning deyarli to‘liq yig‘ilgan nusxalarini ko‘rish mumkin. Biroq tasvir noaniq bo‘lib, mashinani batafsil ko‘rishning imkoni yo‘q.

Yo‘ltanlamasning kontsepti 2012 yilda Pekindagi motorshouda namoyish qilingan. Italyan markasi vakillarining aytishicha, yangi model markaning har kuni ishlatish mumkin bo‘lgan ilk modeli bo‘ladi.

Foto: motor.ru

Lamborghini Urus’ning ommaviy namoyishi 4 dekabrda Sant'Agata-Bolonezda bo‘lib o‘tadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘ltanlamas  ikkinchi avloddagi Audi Q7 va Bentley Bentayga modellarini yaratishda qo‘llangan platformada quriladi. Model 8 silindrli, 4 litr hajmli va 650 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. Keyinroq krossoverning gibrid kuch qurilmasiga ega versiyasi paydo bo‘ladi. U markaning ilk  gibrid modeli bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top