21:30 / 18.10.2017
4299

MDH ijrochi kotibining birinchi o‘rinbosari O‘zbekistonga keldi

18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibining birinchi o‘rinbosari Viktor Guminskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida joriy yil noyabr oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan MDHga a'zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy masalalari muhokama qilingan.

Mavzuga oid
Top